Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

"Barsa" va Ispaniya yetakchisi: "Qo‘shimcha bo‘limlar bekor qilinishi kerak"

"Barsa" va Ispaniya yetakchisi: "Qo‘shimcha bo‘limlar bekor qilinishi kerak"

"Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedrining fikricha, futbolda qo‘shimcha vaqtlar bekor qilinishi kerak.

Yakshanba kuni "qizil furiya" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:5 hisobida durang o‘ynab, Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Millatlar ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. "Mestalya"dagi javob uchrashuvining asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlangan bo‘lsa, qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar yana bittadan gol urishdi.

"Kechagi kabi o‘yinlarda qo‘shimcha bo‘limlarni bekor qilish yaxshi qaror bo‘lardi. Shu bilan birga, shaxsan men uchun doimiy tanaffuslardan ko‘ra tez-tez o‘yin o‘tkazish yaxshiroq," - dedi Pedri Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 10:48 25.03.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!