OpenAI Birlashgan Arab Amirliklarining bir nechta investisiya fondlari bilan 30 milliard dollarlik moliyalashtirish raundi doirasida sarmoya jalb qilish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, fondlar ushbu moliyalashtirish raundida ishtirok etish uchun investisiya sindikatini tuzishi mumkin.
Ularning umumiy sarmoya hajmi 10 milliard dollargacha bo‘lishi muhokama qilingan.
Muzokaralarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar qatorida Abu-Dabida joylashgan MGX investisiya kompaniyasi ham tilga olinmoqda.