Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Ayrim toifa abituriyentlarga o‘qishga kirishda imtiyoz berildi

Ayrim toifa abituriyentlarga o‘qishga kirishda imtiyoz berildi

Joriy yil 18 iyun kuni imzolangan Hukumatning 372-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik liseylarning iqtidorli bitiruvchilarini «yurisprudensiya» yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish tartibiga doir vaqtinchalik nizom qabul qilindi.

Nizom 2023/2024 va 2024/2025 o‘quv yillarida TDYUU huzuridagi akademik liseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

Bitiruvchilar 20 iyunga qadar oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish uchun tavsiya qilishni so‘rab maxsus komissiyaga ariza beradi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
  • bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik liseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar.

Tavsiya qilingan bitiruvchilarga oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqi dastlabki 2 yil uchun amal qiladi.

Har yili 1 iyulgacha suhbat komissiyasi tashkil etiladi.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 balli tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.

Abituriyent quyidagi hollarda o‘qishga qabul qilinmaydi:

  • yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish jadvaliga muvofiq suhbatga kelmaganda;
  • yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizidan kam ball to‘planganda.

Har yili 10 avgustgacha oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarining abituriyentlarni bakalavriatga o‘qish uchun tavsiya etish to‘g‘risidagi buyruqlari qabul qilinadi.

Kiritildi: 16:27 18.06.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!