“Avtomobil transportida yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–251-son, 07.07.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan quyidagi transport vositalarini (samosvallardan tashqari) 2027 yil 31 dekabrga qadar O‘zbekistonga import qilishda ularga bojxona boji va utilizasiya yig‘imining 0 stavkalari qo‘llanilishi belgilandi:
🔹 "Evro-5" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 8701 21, 8701 22, 8701 23, 8701 24);
🔹 to‘la vazni 15 tonnadan ortiq yoki yukxonasining ichki hajmi kamida
76 metr kub bo‘lgan yarim tirkamalar (TIF TN kodi 8716 39).
Avtotransport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 3 yil mobaynida eksportga realizasiya qilinganda va/yoki qayta jihozlash TIF TN kodi o‘zgarishiga olib kelganda, yuqorida nazarda tutilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda tegishli to‘lovlar belgilangan tartibda undiriladi.