Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Avstriya Ukrainaning YEIga tezlashtirilgan tartibda a’zo bo‘lishiga qarshi chiqdi

Avstriya Ukrainaning YEIga tezlashtirilgan tartibda a’zo bo‘lishiga qarshi chiqdi

​"So‘rov bo‘yicha turbo-a’zolik — bu, albatta, imkonsiz narsa", — dedi Avstriyaning Yevropa, integrasiya va oila ishlari bo‘yicha vaziri Klaudia Bauer. U so‘nggi oylarda "tez-tez e’tiborni o‘ziga qaratib, YEIga kirish sanasini belgilab berishni xohlagan" Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi.

​U Kiyev YEIga dastlab cheklangan vakolatlar bilan qo‘shilishi mumkin bo‘lgan ikki bosqichli a’zolik modelidan ogohlantirdi.

"Barcha nomzod mamlakatlar, shu jumladan Ukraina ham yagona qoidalarga amal qilishi va o‘z natijalari bilan a’zolikka loyiq bo‘lishi kerak", — deya siyosatchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi dpa agentligi.

​Bauer Yevropa Ittifoqi yangi a’zolarni qabul qilish imkoniyatini "sinchkovlik bilan baholashi" kerakligini ta’kidladi hamda "39 million aholisi va mutlaqo boshqacha qishloq xo‘jaligi tuzilmasiga ega Ukrainaning a’zo bo‘lishi Yevropa Ittifoqini tubdan o‘zgartiradi", degan fikrni bildirdi.

​Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy YEIga a’zolik nafaqat Ukraina, balki butun Yevropa uchun asosiy xavfsizlik kafolatlaridan biri ekanini tushuntirib, mamlakatining 2027 yilgacha YEI tarkibiga kirishini talab qilgan edi.

Kiritildi: 15:41 25.07.2026. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!