Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone "Barselona" vingeri Rafinya Diasning o‘yinidan hayratda ekanini aytdi.
Braziliyalik futbolchi o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va "ko‘k-anorranglilar"ga "matraschilar" ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritishga yordam berdi (3:1).
"Rafinya - aql bovar qilmaydigan futbolchi. U istalgan joyda o‘ynay oladi: vinger, yarim himoyachi, hujumchi, hatto qanot himoyasida ham. U gol uradi, vaziyatlar yaratadi, pressing qiladi va yuguradi. U qanday qilib "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmaganiga tushunmayapman," - deya Simeonening so‘zlarini keltiradi Barca Universal.