Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Asakada tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan nonvoyxona fosh etildi

Asakada tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan nonvoyxona fosh etildi

"O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Asaka shahrida joylashgan fuqaro Y.T. ga qarashli nonvoyxonada hisoblagichsiz o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 253,4 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:50 09.01.2026. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!