Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Armanistonda parlament majlisi ommaviy mushtlashuv sabab to‘xtatildi

Armanistonda parlament majlisi ommaviy mushtlashuv sabab to‘xtatildi

Armaniston Milliy majlisida hokimiyat va muxolifat vakillari o‘rtasidagi siyosiy tortishuv ommaviy mushtlashuv bilan yakunlandi. Oqibatda parlament majlisini vaqtincha to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.

29 oktyabr kuni hukmron «Fuqarolik shartnomasi» partiyasi deputati Taron Chaxoyan nutq so‘zlayotgan vaqtda muxolifatdagi «Kuchli Armaniston» fraksiyasi rahbari Narek Karapetyan bilan bahslashib qolgan.

O‘zaro haqoratlar va keskin tortishuv ortidan boshqa deputatlar ham janjalga qo‘shilgan. Vaziyat nazoratdan chiqib, parlament zalida mushtlashuv boshlangan.

Majlisga raislik qilgan Ruben Rubinyan dastlab tanaffus e’lon qilishdan bosh tortib, sodir bo‘layotgan voqealarni hamma ko‘rishi kerakligini aytgan.

Biroq deputatlar o‘rtasidagi to‘qnashuv kuchayib, ishtirokchilardan biri yerga yiqilgach, majlis vaqtincha to‘xtatilgan.

Kiritildi: Bugun 14:26. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!