Armenia Today nashrining xabar berishicha, Armanistonda 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa 500 ming arman dramini (1300 AQSh dollari) tashkil etadi.
"Tegishli qonunchilik tashabbusi Armaniston parlamenti tomonidan qabul qilingan. Bungacha to‘lov miqdori oiladagi bolalar soniga bog‘liq bo‘lgan: birinchi va ikkinchi bola uchun 300 ming dram (786 AQSh dollari), uchinchi va to‘rtinchi bola uchun 1 million dram (2600 AQSh dollari), beshinchi va undan keyingi bolalar uchun esa 1,5 million dram (3900 AQSh dollari) to‘langan", deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, mamlakatda ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi saqlab qolinadi. Unga ko‘ra, oiladagi 2022-2025 yillarda tug‘ilgan uchinchi va undan keyingi har bir bola uchun oyiga 50 ming dram (131 AQSh dollari) miqdoridagi moddiy yordam ular olti yoshga to‘lguniga qadar beriladi.
Xabarda aytilishicha, yangi qonun 2026 yil 1 yanvardan keyin tug‘iladigan bolalar uchun ham ushbu to‘lovlarni davom ettirishga huquqiy asos yaratishi kerak.