Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Argentinada Messidan terma jamoa bilan maydonda xayrlashishni kutishmoqda

Argentinada Messidan terma jamoa bilan maydonda xayrlashishni kutishmoqda

Argentinada Lionel Messi terma jamoada o‘ynash borasidagi qarorini o‘zgartirishidan ko‘ra, hech bo‘lmaganda muxlislar bilan maydonda munosib tarzda xayrlashishiga umid qilishmoqda.

Derbyderbyderby.it nashri TyC Sports ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, dushanba kuni Argentina futbol federasiyasi milliy jamoaning navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlari taqvimini e’lon qiladi.

Hozircha raqiblar nomi ma’lum qilinmagan. Faqat ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi aytilmoqda.

Argentina tomoni Messidan ushbu bahslarning hech bo‘lmaganda bittasida maydonga tushishga rozi bo‘lishini kutmoqda. Shu tariqa, u terma jamoa va muxlislar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali emas, balki maydonda xayrlashishi mumkin.

Kiritildi: 11:37 05.09.2026. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!