Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Argentina yulduzi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

Argentina yulduzi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

Argentina terma jamoasida «Komo» yarim himoyachisi Niko Pasning holati borasida xavotirlar ortmoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Futbolchi Italiya chempionati doirasida «Verona»ga qarshi o‘yinda olgan tizza jarohatidan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Jarohati tufayli Pas mavsumning oxirgi 2 ta o‘yinini o‘tkazib yubordi. Dastlab bu unchalik jiddiy bo‘lmagan va jahon chempionatida ishtirok etishiga xalaqit bermaydigan jarohat deb hisoblangandi. Biroq so‘nggi kunlarda optimizm o‘rnini xavotir egalladi.

Manbaga ko‘ra, muammo dastlab o‘ylanganidan ko‘ra jiddiyroq bo‘lishi mumkinligidan xavotirlar mavjud. Pasning mundialga borishi yoki bormasligi kundalik tibbiy ko‘riklar natijalariga ko‘ra hal qilinadi. O‘yinchi o‘rniga nomzod sifatida «Aston Villa» yarim himoyachisi Emiliano Buendiya tilga olinmoqda.

O‘tgan mavsumda Pas A Seriyaning 35 ta o‘yinida 12 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 23:51 03.06.2026. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!