Futbol muxlislari Argentina terma jamoasini Jahon chempionatidan chetlatish talabi bilan petisiya tashkil etdi. Mazkur petisiya argentinaout. com saytida joylashtirilgan.
Petisiya mualliflari FIFA va hakamlarni turnirning amaldagi g‘olibiga nisbatan noxolislikda ayblab, musobaqa davomida argentinaliklarga yordam berilayotganini ta’kidlamoqda.
"Agar g‘olib allaqachon aniqlangan bo‘lsa, Argentina jahon chempionatining qolgan qismida ishtirok etishidan nima naf? Argentina terma jamoasini chetlatib, qolgan barchaga teng imkoniyat bering", deyiladi petisiya matnida.
Jahon chempionatining Angliya va Argentina o‘rtasidagi yarim final bahsi 16 iyul kuni 00:00 da AQShda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv g‘olibi finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.