«Chelsi»ning argentinalik yarim himoyachisi Enso Fernandes Madridning «Real» klubiga o‘tishga tayyor. Bu haqda jurnalist Eduardo Inda xabar bermoqda.
Avvalroq «Real» 25 yoshli jahon chempioniga qiziqish bildirgani aytilgan edi. Manbaga ko‘ra, Fernandes madridliklarga klubga qo‘shilish istagi borligini yetkazgan. «Qaymoqranglilar» safida o‘ynash — argentinalik futbolchining orzusi.
Joriy mavsumda Enso Fernandes barcha musobaqalarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 85 million yevroga baholamoqda.