Bugun 1 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Argentina Buyuk Britaniyani Folklend orollari masalasida xalqaro tribunalga berish bilan tahdid qildi

Argentina Buyuk Britaniyani Folklend orollari masalasida xalqaro tribunalga berish bilan tahdid qildi


Argentina prezidenti Haver Miley Buyuk Britaniyaga Folklend orollari yaqinidagi neft konlarini o‘zlashtirish loyihasini to‘xtatish uchun ikki hafta vaqt berdi. Uning aytishicha, aks holda, Buyenos-Ayres xalqaro tribunalga murojaat qiladi.

Mazkur neft loyihasi Folklend orollari iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Biroq bu holat ikki davlat o‘rtasidagi uzoq yillik suverenitet mojarosini yanada kuchaytirmoqda. Ta’kidlanishicha, agar Buyuk Britaniya ikki hafta ichida Sea Lion loyihasini to‘xtatmasa, Argentina Gamburgdagi dengiz masalalari bo‘yicha xalqaro tribunalga arbitraj jarayonini boshlash uchun murojaat qiladi.

Argentinaning prezidentining bildirishicha, Buyuk Britaniya tomonidan neft qidirish ishlariga ruxsat etilishi BMT rezolyusiyasini buzadi. Bu rezolyusiya tomonlarni Folklend orollari suvereniteti bo‘yicha bahs hal etilmaguncha bir tomonlama harakatlardan tiyilishga chaqiradi.

Shuningdek, Miley Folklend orollari atrofida neft qidirish ishlarida qatnashayotgan kompaniyalarni Argentinaning neft va konchilik sektorida ishlashini taqiqlash bilan tahdid qildi. U oldin ham bu neft kompaniyalariga sanksiya kiritish bilan tahdid qilgandi.

Bundan tashqari, Argentina hukumati Buyenos-Ayresning ruxsatisiz orollar atrofida resurslarni qazib olganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutuvchi qonun loyihasini parlamentga yubordi. Argentina rasmiylari hozirda kamida 60 ta kompaniya va ularning rahbarlarini ehtimoliy qoidabuzarliklar bo‘yicha tekshirayotganini ma’lum qildi.

Sea Lion (Dengiz sheri) — Folklend orollaridan taxminan 220 kilometr shimolda joylashgan yirik dengiz neft koni hisoblanadi. Neft qazib olish ishlarini 2028 yilda boshlash rejalashtirilgan. Unda ishtirok etayotgan kompaniyalar Argentinaning e’tirozlarini rad etib, ular loyiha uchun qonuniy lisenziyalarga ega ekanini ta’kidlamoqda. Buyuk Britaniya ham orol aholisining o‘z tabiiy resurslarini rivojlantirish huquqini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 20:16 29.09.2026. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!