Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Arbeloa “Real” yulduzidan xursand

Arbeloa “Real” yulduzidan xursand

2025 yilning yozida “Liverpul”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold uchun Madrid superklubidagi faoliyat biron qiyin boshlandi.

Tajribali himoyachi mushak jarohatlari sababli 21 o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Trent sekin-asta o‘z sport formasiga qaytmoqda. U dekabrdan beri birinchi bor boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va “Real”ning “Real Socyedad” jamoasiga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan uchrashuvida golli uzatma qayd etdi.

Madridliklar bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa 27 yoshli angliyalik futbolchining mahoratiga yuqori baho berdi.

- Trent haqida yangi narsalarni kashf qilishga hojat yo‘q. U o‘yinni juda yaxshi tushunadi, maydonni ko‘ra oladi va biz uchun bunday o‘yinchilar juda muhim. U faqat to‘p uzatish bilan cheklanmaydi, markaziy pozisiyalarda ham o‘ynay oladi. Biz bunday o‘yinchilarga ega bo‘lganimizdan baxtiyormiz, - dedi Alvaro Arbeloa.

Kiritildi: 23:53 17.02.2026. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!