Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShning uchta yirik bankida texnik nosozlik yuz berdi

AQShning uchta yirik bankida texnik nosozlik yuz berdi

AQShning Chase, Bank of America va Wells Fargo banklari mijozlari onlayn-banking xizmatlaridan foydalanishda texnik muammolarga duch keldi.

New York Post nashrining xabar berishicha, nosozliklar sabab ayrim foydalanuvchilar banklarning mobil ilovalariga kira olmagan va hisob raqamlaridagi mablag‘ qoldig‘ini tekshirish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Internet xizmatlaridagi uzilishlarni kuzatib boruvchi Downdetector platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, Chase banki faoliyati yuzasidan 3,3 mingdan ortiq shikoyat kelib tushgan.

Bank of America va Wells Fargo xizmatlari bilan bog‘liq muammolar haqida esa yana qariyb 800 ta xabar qayd etilgan.

Chase bankining mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati onlayn-banking tizimida nosozliklar mavjudligini tasdiqladi.

Bank vakillari muammolarni bartaraf etish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Hozircha uchta bankning onlayn xizmatlaridagi uzilishlarga nima sabab bo‘lgani aniqlanmagan.

Kiritildi: Bugun 03:18. O'qildi: 166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik