Bugun 4 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShning Spokan shahri atrofidagi o‘rmon yong‘inlari 60 mingga yaqin kishini evakuasiyaga majbur qildi

AQShning Spokan shahri atrofidagi o‘rmon yong‘inlari 60 mingga yaqin kishini evakuasiyaga majbur qildi

AQShning Vashington shtati sharqidagi o‘rmon yong‘inlari Spokan shahri va uning atrofida yashovchi qariyb 60 ming kishini evakuasiya qilishga majbur qildi.

Hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inlar oqibatida kamida 600 ta uy-joy, biznes ob’ekti va boshqa inshoot vayron bo‘lgan.

Shahar va uning atrofida bir vaqtning o‘zida uchta alohida yong‘in boshlangan. Kuchli shamol va nihoyatda quruq ob-havo tufayli olov juda tez tarqalgan.

Mahalliy rasmiylar yong‘inlarni nazoratga olish va aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish ishlarini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 18:22 03.08.2026. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!