AQShning milliy qarzi rasman rekord darajaga chiqib, 39,5 trillion dollarga yetdi.
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, davlat qarzining o‘sishiga byudjet taqchilligi, ijtimoiy dasturlar xarajatlari, mudofaa sarflari hamda davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining ortishi asosiy omil bo‘lmoqda.
Iqtisodchilar ta’kidlashicha, milliy qarzning yangi rekord darajaga chiqishi AQShning uzoq muddatli moliyaviy barqarorligi va byudjet siyosati yuzasidan bahslarni yanada kuchaytirishi mumkin.