Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShning Eron janubiga bergan zarbalari oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi

AQShning Eron janubiga bergan zarbalari oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi

AQShning Eron janubiga yo‘llagan zarbalari natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi tan jarohati oldi.

Bu haqda mahalliy hukumat vakillariga tayanib, Mehr agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs «Hamrahe-Aval» aloqa operatorining mahalliy bo‘linmasi xodimi bo‘lib, u aloqani tiklash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan.

U bilan birga yana ikki kishi jarohatlangan.

Mehr agentligining qayd etishicha, zarba Fors ko‘rfazidagi Farur oroliga berilgan, biroq hujum vaqtiga aniqlik kiritilmagan.

Kiritildi: 23:47 12.07.2026. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!