11 mart kuni AQShdan O‘zbekistonga maxsus reys orqali 72 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxslar AQSh hududida qonuniy yashash huquqiga ega bo‘lmagani sabab deportasiya qilingan.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, bu reys AQSh tomonidan noqonuniy migrasiyaga qarshi olib borilayotgan choralar doirasida amalga oshirilgan navbatdagi tadbir hisoblanadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishganidan buyon mamlakatdan 1000 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi deportasiya qilingani aytilmoqda.
Bayonotda ta’kidlanishicha, AQShga noqonuniy kirgan shaxslar qamoq jazosi va deportasiyaga duch kelishi mumkin. Shuningdek, AQSh hukumati deportasiya jarayonlarini amalga oshirishda hamkorlik qilgani uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirgan.