Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va 2026 yilgi jahon chempionati o‘yinlari momaqaldiroq tufayli to‘xtatiladi.
Stadiondan 16 km radiusda hatto bitta chaqmoq urishi kuzatilsa, tanaffus yarim soat davom etadi, deb xabar bermoqda Reuters.
Chaqmoq takrorlangan taqdirda yana bir tanaffus e’lon qilinadi.
FIFA ushbu talabni o‘yinchilar va tomoshabinlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ilgari surdi. Avvalroq “Benfika” va “Oklend” klublari o‘rtasidagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bahsi 4,5 soat davom etgandi.