Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda Yangi yil arafasida terakt uyushtirishni rejalashtirgan guruh hibsga olindi

AQShda Yangi yil arafasida terakt uyushtirishni rejalashtirgan guruh hibsga olindi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlik xabariga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosining birgalikdagi faol olib borgan tadbirlari natijasida Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida terakt uyushtirishni rejalashtirgan Turtle Island Liberation Front so‘l radikal guruhining to‘rt a’zosi hibsga olingan.

AQSh Adliya vaziri Pem Bondining so‘zlariga ko‘ra, hibsga olinganlar Toshbaqa orolini ozod qilish frontining a’zolari bo‘lgan.

"So‘l va falastinparast qarashlarga ega guruh a’zolari Yangi yil arafasida bir nechta portlashlar uyushtirishni rejalashtirgan. Guruhning ehtimoliy nishonlari orasida AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati (ICE) agentlari ham bo‘lgan", — dedi AQSh Adliya vaziri Pamela Bondi.

Kiritildi: 20:25 16.12.2025. O'qildi: 386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!