AQSh sudining fikricha, 1996 yilda Raul Kastro Kuba razvedkasi agentlari bilan birinchi darajali qotillikni sodir etish maqsadida jinoiy til biriktirgan, deb hisoblash uchun etarli asoslar mavjud.
O‘sha yili Kuba qiruvchi samolyotlari Florida bo‘g‘ozi ustida Brothers to the Rescue gumanitar tashkilotiga tegishli bo‘lgan ikkita fuqarolik Cessna samolyotini urib tushirgan. Samolyotlar dengizda halokatga uchragan kubalik qochqinlarni qidirayotgan edi. Hodisa oqibatida AQShning uch nafar fuqarosi va Kubaning bir nafar fuqarosi halok bo‘lgan. O‘sha paytda Raul Kastro Kuba mudofaa vaziri lavozimida ishlagan.
Unga nisbatan ayblov may oyida e’lon qilingan.
Ko‘p o‘tmay, AQSh Venesuelada harbiy operasiya o‘tkazib, mamlakat rahbari Nikolas Maduroni qo‘lga olganidan so‘ng, Donald Tramp Kubani «hali kech bo‘lmasidan kelishuv tuzish»ga chaqirib, tahdidli bayonot bergan edi.