AQSh Kongressi Vakillar palatasi Isroilni boykot qilgan yoki Isroil bilan akademik almashinuv dasturlarini cheklagan universitetlarni federal moliyaviy yordamdan mahrum qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.
Hujjat 237 ovoz bilan ma’qullandi, 169 deputat qarshi chiqdi.
«Protect Economic and Academic Freedom Act» deb nomlangan qonun loyihasini 33 nafar demokrat ham qo‘llab-quvvatladi, ikki nafar respublikach esa qarshi ovoz berdi.