AQSh huquq-tartibot idoralari 2020-2024 yillar oralig‘ida federal va mahalliy saylovlarda noqonuniy ovoz bergani uchun 25 davlatdan, jumladan Rossiyadan 48 nafar chet ellikni hibsga oldi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi bayonotida aytiladi.
Hibsga olishlar beshta shtatda - Kaliforniya, Florida, Nyu-York, Nevada va Pensilvaniyada amalga oshirildi. 48 nafar xorijlikning barchasiga ayblov e’lon qilindi. Ayblovlarning bir qismi saylovchilar sifatida noqonuniy ro‘yxatdan o‘tish va boshqa tegishli huquqbuzarliklar bilan bog‘liq. Qo‘lga olinganlar orasida Kanada, Isroil, Rossiya, Gruziya, Braziliya, Irlandiya, Niderlandiya, Polsha, Gresiya, Kuba va boshqa bir qator davlatlar fuqarolari bor.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Demokratik partiya vakillari 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh Kongressiga oraliq saylovlarda firibgarlikka qo‘l urishi mumkinligini aytgan edi. Xususan, gap demokratlar nazorati ostidagi shtatlarda Amerika fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ovoz berishda ishtirok etishga ruxsat berilishi mumkinligi haqida bormoqda.
Shuningdek, Polsha, Hindiston, Irlandiya, Germaniya, Isroil, Niderlandiya va boshqa davlatlar fuqarolariga ham ayblovlar qo‘yilgan.