AQSh ma’muriyati Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan muzokaralar qayta boshlanishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Ogayo shtatining Sinsinnati shahrida jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
"Menimcha, har ikki davlat ham muzokaralar stoliga qaytishga rozi bo‘ldi", — dedi Vens.
Shu tariqa, AQSh vise-prezidenti Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar jarayonini qayta tiklash imkoniyatiga ijobiy baho berdi.