Jey Di Vensning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp hozirda dunyoda Isroilga hamdard bo‘lgan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan yagona davlat rahbari hisoblanadi, isroillik siyosatchilar buni yodda tutishlari kerak.
U Isroil mudofaa qurollarining katta qismi Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgani va amerikalik soliq to‘lovchilar tomonidan moliyalashtirilganini eslatib o‘tdi. Vashingtonning Isroilga beradigan yillik harbiy yordami qariyb 4 milliard dollarni tashkil etadi.
Vise-prezident AQSh va Eron kelishuviga qarshi chiqqan Isroil hukumati a’zolarini qoralashini ma’lum qildi. Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va moliya vaziri Besalel Smotrich Vens tomonidan alohida keskin tanqidga uchradi.
Isroillik o‘ta o‘ngchi siyosatchilarga yuzlanar ekan, Vens shunday dedi: "Sizning mamlakatingiz aholisi 9 million kishidan iborat. Milliy xavfsizlikka oid barcha muammolarni faqatgina qotillik yo‘li bilan hal qila olmaysiz".