AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Eron bilan harbiy to‘qnashuvlarning yangi bosqichi boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida diplomatik muloqotni tiklashga harakat qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Vens Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Muhsin Rizoiyga maktub yo‘llagan. Murojaat AQSh prezidenti Donald Trampning roziligi va ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilgan.
Vashington Tehron bilan muzokaralarni qayta boshlash imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Asosiy maqsad — yaqin haftalarda Eronga qarshi yangi harbiy zarbalar berilishining oldini olish.
Hozircha tomonlar aniq tinchlik shartlarini muhokama qilmagan. Muloqot muzokaralarni qayta boshlash uchun umumiy kelishuv asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp avvalroq Eronga qarshi harbiy amaliyotlar qayta boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.