Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Venesuelaga yordam uchun 900 nafar askar yubordi

AQSh Venesuelaga yordam uchun 900 nafar askar yubordi

Bu haqda Reuters AQSh Janubiy qo‘mondonligi boshlig‘i general Frensis Donovanga tayanib xabar qilmoqda.

"AQSh harbiylari yordam operasiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Venesuela va uning atrofida katta kuchlarni to‘pladi, mamlakat ichida 900 dan ortiq askar va Karib dengizi markazlari Puerto-Riko va Kyurasaoda yana 800 askar bor", deyiladi hisobotda.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari qidiruv-qutqaruv operasiyalarida ishtirok etgan, aeroport faoliyatini tiklashga yordam bergan va gumanitar yordam yetkazib berilishini ta’minlash uchun havo va dengiz kuchlarini safarbar qilgan.

Bundan tashqari, AQSh zilziladan keyingi vaziyat haqida ma’lumot to‘plash va to‘liqroq tasavvur hosil qilish uchun 4-5ta MQ-9 Reaper razvedka dronlarini joylashtirgan.

Kiritildi: 15:42 02.07.2026. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!