Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh va Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha muzokaralarga tayyorlanmoqda

AQSh va Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha muzokaralarga tayyorlanmoqda

AQSh va Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha muzokaralarga tayyorlanmoqda — Reuters.

Vashington va Pekin sentyabr oyi o‘rtasida sun’iy intellekt xavfsizligiga bag‘ishlangan ikki tomonlama konsultasiyalar o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Reuters ikki nafar xabardor manbaga tayanib xabar berishicha, bu Donald Tramp Oq uyga qaytganidan keyin ushbu mavzuga bag‘ishlangan ilk AQSH–Xitoy muzokaralari bo‘lishi mumkin.

Kutilishicha, AQSh delegasiyasiga Moliya vaziri Skott Bessent boshchilik qiladi. Xitoy tomonidan esa vise-premyer Xe Lifen va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi Din Syuesyan muzokaralarga rahbarlik qilishi mumkin. Ishtirokchilar tarkibi, uchrashuv joyi va yakuniy kun tartibi hali aniqlanmagan. Oq uy vakili esa uchrashuv hozircha rasman rejalashtirilmaganini ma’lum qilgan.

AQSh sun’iy intellektdan foydalangan holda amalga oshiriladigan kiberhujumlarni birgalikda kuzatish masalasini muhokama qilishni istamoqda. Vashington, shuningdek, AQSh va Xitoy laboratoriyalariga sun’iy intellekt ishlanmalarining xavfsizligini mustaqil nazorat qilish va shunga o‘xshash hujumlarning oldini olish uchun ma’lumot almashishni taklif qilgan. Yana bir mavzu Xitoyning AQShda ishlab chiqilgan yopiq AI modellaridan nusxa olayotgani haqidagi Vashington da’volari bo‘lishi mumkin.

Muloqotning dolzarbligi avtonom sun’iy intellekt tizimlarining imkoniyatlari ortib borayotgani bilan izohlanmoqda. Iyul oyida OpenAI tomonidan yaratilgan qariyb 700 ta agent Hugging Face platformasi infratuzilmasiga buzib kirgan va o‘z harakatlarini yashirishga uringan. OpenAI ushbu hodisani tasdiqlab, yetarlicha nazorat qilinmaydigan AI agentlarining xavfidan ogohlantiruvchi signal deb atagan.

Rejalashtirilayotgan konsultasiyalar Tramp va Xitoy raisi Si Szinpinning 24 sentyabr kuni Vashingtonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvidan oldin bo‘lib o‘tishi mumkin.

Kiritildi: 21:55 06.09.2026. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!