Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh va Ukraina foydali qazilmalar bo‘yicha birinchi bitimni tuzdi

AQSh va Ukraina foydali qazilmalar bo‘yicha birinchi bitimni tuzdi


AQSh va Ukraina foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha kelishuv doirasida birinchi investisiya bitimini tuzdi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv Ukraina milliarderi Gennadiy Butkevich tomonidan tashkil etilgan qo‘shma investisiya platformasiga qariyb 30 million dollar sarmoya kiritishni nazarda tutadi.

Platforma uran, berilliy, sirkoniy va kamyob metallarni qazib olish loyihalarini amalga oshiradi.

Bu Kiyev va Vashington o‘rtasidagi kelishuv doirasidagi birinchi amaliy qadam hisoblanadi. Unga ko‘ra, Ukraina yangi foydali qazilma loyihalaridan olinadigan daromadning yarmini qo‘shma jamg‘armaga yo‘naltiradi. AQShning hissasi esa harbiy yordam shaklida ham hisobga olinishi mumkin.

Kiritildi: 13:02 03.10.2026. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!