Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

AQSh Adliya vazirligi xabar berishicha, yer osti tunneli Meksikaning Tixuana shahri va San-Diyegodagi Buy 4 Less do‘konini bog‘lagan.

Tunnelning umumiy uzunligi qariyb 600 metrni tashkil etadi.

Operasiya natijasida 45 million dollarlik 1029 kg narkotik, o‘q-dori va hujjatlar musodara qilinib, 4 kishi hibsga olingan.

Tunnel gidravlik lift, elektr va shamollatish tizimi bilan jihozlangan.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, bu yo‘nalish AQShga giyohvand moddalar kontrabandasi uchun mo‘ljallangan edi.

Kiritildi: Bugun 17:37. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!