Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

AQSh va Eron o‘rtasidagi uchrashuv: Tramp vakillari kutilgan natijaga erisha olmadi

AQSh va Eron o‘rtasidagi uchrashuv: Tramp vakillari kutilgan natijaga erisha olmadi

AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff va Amerika yetakchisining kuyovi Jared Kushner Jenevadagi ertalabki uchrashuvda Eron delegasiyasidan eshitgan gaplaridan hafsalasi pir bo‘ldi.

Bu haqda "Axios" jurnalisti Barak Ravid "X" ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

"Vaziyatdan xabardor manbaning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy vakillari Kushner va Uitkoff ertalabki uchrashuvda eronliklardan eshitgan ma’lumotlaridan norozi bo‘lishgan", — deb yozdi u.

Ravidning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasidagi kechki uchrashuv hali ham davom etmoqda.

Kiritildi: 23:36 26.02.2026. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!