Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

AQSh va Eron o‘rtasida Jenevada o‘tkazilgan muzokaralarda Tehron yadroviy kelishuv loyihasini taqdim etdi — Axios

AQSh va Eron o‘rtasida Jenevada o‘tkazilgan muzokaralarda Tehron yadroviy kelishuv loyihasini taqdim etdi — Axios

Nashrning xabar berishicha, muzokaralar ikki xil formatda o‘tkazildi: Ummon tashqi ishlar vaziri vositachiligida hamda AQSh va Eron vakillari o‘rtasida bevosita shaklda. Muzokaralarda Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari Rafael Grossi ham ishtirok etdi.

"Eron Qo‘shma Shtatlarga yadroviy kelishuv bo‘yicha o‘z takliflari loyihasini topshirdi. AQSh bo‘lajak yadroviy kelishuv cheklovsiz muddatga amal qilishini talab etmoqda", deya yozmoqda Axios.

Muzokaralar jarayonidan xabardor manbalarga ko‘ra, Vashington Tehrondan 10 ming kg hajmdagi boyitilgan uran zaxirasidan voz kechishni so‘ramoqda. Shuningdek, AQSh Eronning uranni boyitish huquqi masalasida, agar bu yadroviy qurol yaratishga imkon bermasa, muayyan moslashuvchanlikka tayyorligini bildirdi.

"Muzokaralar diplomatiya uchun so‘nggi imkon bo‘lishi mumkin. Donald Trampning Eronga zarba berish qarori ko‘p jihatdan Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning hisobotiga bog‘liq bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:53 26.02.2026. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!