Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh va Eron muzokaralaridagi asosiy kelishmovchiliklar ma’lum bo‘ldi

AQSh va Eron muzokaralaridagi asosiy kelishmovchiliklar ma’lum bo‘ldi

Axios nashrining xabar berishicha, Islomobodda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tomonlar ikkita asosiy masalada til topisha olmagan: Tehronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish istagi hamda boyitilgan uran zaxiralaridan voz kechishni rad etgani. Shanbadan yakshanba tonggigacha davom etgan muloqotlardan so‘ng, AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Pokistonni tark etib, Vashingtonga yo‘l oldi.

Hozircha yakuniy kelishuv imzolanmagan bo‘lsa-da, Vashington tomoni muzokaralar dinamikasini saqlab qolish va vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirishdan umidvor. Biroq yuzaga kelgan kelishmovchiliklar ikki haftalik sukutning buzilishi va harbiy harakatlarning qayta avj olishi xavfini tug‘dirmoqda.

Eng qiziqarlisi, Vashington muzokaralar jarayonidan chiqqanini e’lon qilmagan, deyiladi nashr xabarida.

Kiritildi: 12:40 12.04.2026. O'qildi: 2024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!