Bugun 29 may, 2026 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijon viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijon viloyatida ham sezildi

Bugun tushdan keyin Qirg‘izistonda zilzila qayd etildi, O‘zbekistonda ham zilzilalar sezildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika seysmik prognozlash monitoringi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, seysmik hodisa 29 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:15 da sodir bo‘lgan. Zilzila magnitudasi 4,8 magnitudani, fokusi 10 kilometr chuqurlikni tashkil etgan. Episentr Qirg‘izistonda, Toshkentdan 387 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.

Andijon viloyatining ayrim tumanlarida zilzilalar sezildi. Xususan, Xonobod, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod va Jalaquduq tumanlarida zilzila magnitudasi episentrdan 114 dan 140 kilometrgacha bo‘lgan masofada 2,0 magnitudaga yetdi.

Kiritildi: Bugun 18:08. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!