AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligining (CENTCOM) ta’kidlashicha, Xo‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinidagi Eron havo hujumidan mudofaa tizimlari, yer usti boshqaruv punktlari va radiolokasiya stansiyalariga shikast yetkazilgan.
"Ushbu missiya Eronning asossiz agressiyasiga mutanosib javobdir", — deyiladi Centcom bayonotida.
Axios AQSh rasmiy vakiliga tayanib xabar berishicha, amerikalik harbiylar Eron havo hujumidan mudofaa tizimlari va radarlariga zarbalar bergan.
Fars agentligi Eronning Ko‘histon, Sirik va Minob shaharlarida portlashlar bo‘lgani haqida xabar bermoqda.
Donald Tramp ABC News telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi:
"Men javob qaytarish juda muhim deb hisoblayman. Ular vertolyotni urib tushirishdi va ayni vaqtda biz javob zarbasini beryapmiz. Bu ular o‘tgan kecha bizning vertolyotimiz bilan qilgan ishlariga javobdir. Va men bu javob xuddi hozir sodir bo‘layotgani kabi juda qattiq, juda kuchli bo‘lishi kerak deb hisoblayman".