Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Ukrainani yoshlarni urushga jalb qilishga chaqirmoqda

AQSh Ukrainani yoshlarni urushga jalb qilishga chaqirmoqda

Ukraina 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni Rossiyaga qarshi kurashda harbiy saflariga qo‘shishi kerak, dedi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.

Uning ta’kidlashicha, jang maydonida o‘q-dorilar va qurol-yarog‘dan tashqari odamlar bo‘lishi muvaffaqiyat kaliti bo‘lgan.

Blinken Reyter agentligiga bergan intervyusida «Bu juda og‘ir qarorlar», dedi, «Ammo, masalan, yoshlarni jangga jalb qilish, bizningcha, ko‘pchilikning fikricha, zarur. Ayni paytda 18-25 yoshlilar jangda qatnashmayapti.»

Moskva Ukrainaga keng miqyosli bostirib kirishini boshlaganiga ikki yarim yildan ko‘proq vaqt o‘tdi, ukrainalik harbiylar charchoq va yetarlicha tayyorgarlikdan o‘tgan zaxiralar yo‘qligi sababli ishchi kuchi yetishmovchiligiga duch kelmoqda.

Ammo prezident Vladimir Zelenskiy ma’muriyati shu paytgacha 25 yoshgacha bo‘lganlarni harbiy xizmatga chaqirishga qarshilik ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 22:48 05.12.2024. O'qildi: 1646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!