Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Turkiya bankiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

AQSh Turkiya bankiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

AQSh hukumati Eron rejimiga yordam bergani uchun Turkiyaning Golden Global banki va uning ikki moliyaviy sho‘’ba korxonasiga sanksiyalar joriy qildi.

Sanksiyalardan so‘ng banklar dollarda operasiyalar amalga oshirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Golden Global Turkiyada AQShning amaldagi «Iqtisodiy izgoy» kampaniyasi doirasida sanksiyaga uchragan birinchi moliyaviy tashkilot bo‘ldi. Bank mamlakatda kapital hajmi bo‘yicha 35-o‘rinda turadi.

Golden Global Eron va Xitoy o‘rtasidagi moliyaviy operasiyalarga ham xizmat ko‘rsatgan. Shu bois Vashingtonning mazkur qarori Eron bilan savdo qiluvchi boshqa Turkiya kompaniyalari va ularning xitoylik hamkorlariga ham signal sifatida baholanmoqda.

AQSh Moliya vaziri Skott Bessent avvalroq «Iqtisodiy izgoy» operasiyasi boshlanganini e’lon qilgan edi. Uning maqsadi Eron iqtisodiyotini jahon moliyaviy tizimidan maksimal darajada ajratish ekani aytilgan.

AQSh Moliya vazirligi yaqinda Eronga yadroviy va raketa texnologiyalarini olishda yordam berayotgani aytilgan 60 dan ortiq kompaniya, shaxs va kemalarga ham sanksiyalar joriy qilgan.

Kiritildi: 17:45 06.09.2026. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!