The Washington Post xabar bermoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, buning uchun Oq uy milliy valyutani chop etishga mas’ul bo‘lgan idoraga bosim o‘tkazmoqda.
Agar ushbu reja amalga oshsa, bu oxirgi 150 yildan ortiq vaqt ichida AQSh valyutasida tirik inson tasvirining birinchi bor paydo bo‘lishi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlab, tarixda ilk bor dollar banknotlarida prezident Trampning imzosi paydo bo‘lishini, shuningdek, uning tasviri tushirilgan oltin tanga ham zarb etilishini e’lon qilgandi.