Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Tinch okeanidaga kemaga zarba berdi: besh kishi yo‘q qilindi

AQSh Tinch okeanidaga kemaga zarba berdi: besh kishi yo‘q qilindi

Amerika harbiylari Tinch okeanining sharqiy qismida giyohvand moddalarni tashish uchun foydalanilgan kemaga zarba berdi. Operasiya natijasida besh kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Janubiy qo‘mondonligi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

«G‘arbiy yarimshardagi qo‘shma tezkor guruh Tinch okeanining sharqiy qismida giyohvand moddalarni noqonuniy tashishda odatda foydalaniladigan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan tezyurar kemasiga halokatli kuch ishlatgan holda zarba berdi», — deyiladi bayonotda.

Qo‘mondonlik ma’lumotlariga ko‘ra, razvedka ma’lumotlari mazkur kema giyohvand moddalarni noqonuniy tashishda bevosita foydalanilganini tasdiqlagan.

Operasiya natijasida besh kishi yo‘q qilingan. Amerika harbiylari ularni «narkoterrorchilar» deb atagan.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!