AQSh harbiy xizmatchilari Ekvadorning "Los-Choneros" narko-terrorchilik tashkiloti tomonidan foydalaniladigan kemani Sharqiy Tinch okeanida ushlab, cho‘ktirib yubordi.
Bu haqda AQSh Janubiy qo‘mondonligi ma’lum qildi.
Qo‘mondonlik ma’lumotlariga ko‘ra, kema Sharqiy Tinch okeanidagi xalqaro suvlarda giyohvand moddalar kontrabandasi uchun suzuvchi yoqilg‘i quyish shoxobchasi sifatida ishlatilgan. Operasiya "Ekvador hukumati bilan muvofiqlashtirish va hamkorlikda" o‘tkazildi.
AQSh razvedkasi kema Los-Choneros tomonidan foydalanilganini tasdiqladi. Bortdagilar Ekvador rasmiylariga topshirildi.
Kema tintuv qilingandan va tozalangandan so‘ng, AQSh harbiy xizmatchilari uni cho‘ktirib yuborishdi.