Bu haqda dastlab Reuters agentligi manbalariga tayanib xabar tarqatdi. Ko‘p o‘tmay Pentagon rahbari Pit Hegset maxsus brifingda ushbu kemani amerikaliklar torpedosi cho‘ktirganini tasdiqladi.
"Amerika suvosti kemasi Eronning xalqaro suvlarda o‘zini xavfsiz deb hisoblagan harbiy kemasini cho‘ktirib yubordi", – dedi Pentagon rahbari.
Hegset Eron harbiy-dengiz kuchlari AQSH-Isroil qo‘shma amaliyotining asosiy nishonlaridan biri ekanini ta’kidladi.
4 mart kuni ertalab Shri-Lanka sohilidagi Galle shahri yaqinida Eronning IRIS Dena nomli harbiy fregati halokat signali yuborgani xabar qilingandi. Ko‘p o‘tmay kema cho‘kib ketdi. Shri-Lanka hukumati bortda bo‘lgan 32 kishini qutqarilgani, shuningdek, dengizdan 80 kishining jasadi olib chiqilganini bildirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kemada 180 kishi bo‘lgan.