AQSh Rossiyani kosmosga qurol joylashtirilishi haqida alohida ogohlantirmagan — Ryabkov.
"Bu biz uchun yangilik emas, barchasi kuzatib borilmoqda va qayd etilmoqda, tegishli xulosalar chiqarilmoqda", — dedi Ryabkov "Rossiya segodnya" mediaguruhi tomonidan tashkil etilgan brifingda.
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosarining boshqa bayonotlari:
▪️ Ukraina masalasi bo‘yicha AQSh bilan aloqalar davom ettiriladi;
▪️ "Urush tarafdori bo‘lgan kuchlar" Ukraina bo‘yicha tinchlik tashabbuslarini barbod etishga qaratilgan;
▪️ AQSh bilan strategik barqarorlik bo‘yicha muloqot mavjud emas;
▪️ Kosmosda qurollanish poygasining oldini hali ham olish mumkin, buning uchun vaqt boy berilgani yo‘q;
▪️ AQSh bilan strategik barqarorlik bo‘yicha muloqot boshlash uchun hozircha zarur shart-sharoitlar mavjud emas.