Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasida Yevropa vakillari ishtirokida yangi muzokaralar raundini o‘tkazmoqchi

AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasida Yevropa vakillari ishtirokida yangi muzokaralar raundini o‘tkazmoqchi

Bu haqda CNN xabar berdi.

Stiv Uitkoff Putin bilan uchrashuvda muayyan siljishga erishilganini aytdi va muzokaralarni davom ettirish istiqbollariga ijobiy baho berdi. Jared Kushner esa muhokamalar batafsil va mazmunli o‘tganini ta’kidladi.

AQSh prezidentining maxsus vakilining aytishicha, Putin bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ukraina masalasida uch tomonlama muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazishga kelishilgan.

Unda Yevropa vakillari ham ishtirok etadi.

AQSh vakillari Moskvadagi muzokaralar natijalarini muhokama qilish uchun Dublinga yo‘l oldi. U yerda ular Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 23:42 12.11.2026. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik