YouGov sosiologlari tomonidan CBS News telekanali buyurtmasi bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Donald Trampning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash darajasi uni ikkinchi muddatining dastlabki 100 kunligida 45 foizni tashkil etgan, 55 foiz amerikaliklar esa uning faoliyatini salbiy baholamoqda. Fevral oyida Trampning reytingi 53 foizni tashkil etgan edi.
Amerikaliklar mamlakatdagi iqtisodiy holatdan ham norozi: so‘rovnomada ishtirok etganlarning 53 foizi iqtisodiy vaziyat yomonlashganini aytgan, 28 foizi yaxshilanganini bildirgan, 19 foizi esa o‘zgarish bo‘lmaganini ta’kidlagan.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 48 foizi Trampning siyosati amerikaliklarning moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatganini qayd etgan, 33 foizi hech qanday o‘zgarish sezmaganini, 19 foizi esa Tramp davrida shaxsiy moliyaviy holati yaxshilanganini bildirgan.