AQSh prezidenti Donald Tramp «Yuventus» futbolchilari bilan «Oq uy»da uchrashuv o‘tkazdi.
Ayni paytda turinliklar AQShda bo‘lib o‘tayotgan 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Qabul chog‘ida Tramp «Yuventus» bosh murabbiyi Igor Tudor va shuningdek, jamoa futbolchilari Ten Kopmeyners va Ueston Makkenni bilan suhbatlashdi.
«Yuventus» guruh bosqichining ilk turida «Al Ayn»ga qarshi maydonga tushdi. Tudor shogirdlari ushbu bahsda raqibini yirik 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 14 iyundan 13 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.