AQSh prezidenti vakillarining tashrifi chog‘ida Ukraina Rossiyaga havo zarbalari bermaydi — Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Zelenskiy amerikalik muzokarachilar Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning Moskvaga tashrifi vaqtida Rossiya havo hududi "normal ishlashiga" va’da berdi.
Zelenskiyning ma’lumotlariga ko‘ra, Kushner va Uitkoff dastlab Moskvaga, yakshanba, 6 sentyabrda kuni esa Kiyevga tashrif buyurishadi.
"AQSh rasmiylarining avvalgi diplomatik tashriflari chog‘ida bo‘lgani kabi, muzokarachilar xavfsiz yetib kelishlari uchun Rossiya havo hududining normal ishlashini ta’minlaymiz. Biz Rossiya haqida emas, aynan amerikalik muzokarachilar haqida qayg‘urmoqdamiz. Biz tomonimizdan havo zarbalari bo‘lmaydi", — deya ma’lum qildi Ukraina yetakchisi.
Uning fikricha, Kiyevning Vashington bilan muzokaralari vaqtida Moskva ham havo zarbalarini to‘xtatishi kerak.