Polsha prezidenti Karol Navroskiy mamlakat hududida AQShning doimiy harbiy bazasini qurish masalasi muhokama qilinadigan Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi.
Bu haqda Polsha Milliy xavfsizlik byurosi rahbari Bartosh Grodeskiy ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«Polsha Respublikasi prezidenti Karol Navroskiy 3 noyabr kuni soat 15:00 da Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi. Yopiq tarzda o‘tadigan yig‘ilishda milliy xavfsizlikning dolzarb masalalari, shuningdek, Polsha hududida AQSh qo‘shinlarining doimiy bazasini qurish masalasi muhokama qilinadi», — deb yozgan u.
Qayd etilishicha, yig‘ilish yopiq tarzda o‘tkaziladi.