AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va uning Davlat departamenti AQSh hukumati nazarida mamlakat uchun xavf tug‘diruvchi bir qancha qonuniy muhojirlarga berilgan vizani bekor qildi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Rubio o‘z vakolatidan foydalanib, bu yerga qonuniy yo‘l bilan kelgan, lekin mamlakatimiz uchun xavf tug‘diradigan va birinchi navbatda hech qachon kiritilmasligi kerak bo‘lgan ko‘plab shaxslarga vizani bekor qildi", dedi u.
Levittning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti AQSh vizasini olish uchun ariza topshiruvchilarga qo‘yiladigan talablar va tekshirish tartiblarini sezilarli darajada kuchaytirgan.